Fuqarolar uchun «e-notarius.uz» axborot portali


Fuqarolar «e-notarius.uz» axborot portali orqali uyidan yoki ish
joyidan chiqmagan holda masofadan turib notarial xizmatlardan foydalanish
imkoniyatiga ega. Bu esa ularning vaqtini tejash, ortiqcha transport xarajatlarini
kamaytirish hamda davlat xizmatlaridan qulay sharoitda foydalanishini ta’minlaydi.
Jumladan, fuqarolar avtotransport vositalarining oldi-sotdi, hadya va garov
shartnomalari, ishonchnomalar, er-xotinning rozilik arizalari, merosdan voz kechish
to‘g‘risidagi arizalar hamda boshqa jami 18 turdagi notarial harakatlarni uyidan
chiqmagan holda, dunyoning istalgan nuqtasidan «e-notarius.uz» portali yoki
maxsus QR-kod orqali rasmiylashtirishi mumkin. Toliq malumotni pastdagi videolarni ko’rish orqali olishingiz mumkin.


davomi